“Ma’naviyat” mahallasida ham obodonlashtirish ishlari boshlanadi
2026-08-09 12:55:00 / Yangiliklar

Endi shu kabi ishlar “Ma’naviyat” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofida ham davom etmoqda. Bu ishlar doirasida ko‘p qavatli uylar atrofi tartibga keltirilib, zamonaviy avtoturargohlar, dam olish maskanlari hamda bolalar uchun o‘yin maydonchalari barpo etiladi. Shuningdek, chiqindi tashlash uchun maxsus hududlar va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur mahallada bo‘lib, boshlangan ishlarning borishi bilan tanishdi.
Mazkur ishlar mahalla muhitini zamonaviylashtirish, hudud qiyofasini obod va xavfsiz qilish hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Shu kabi loyihalar kelgusida “Sihatgoh”, “Mingchinor” va “Oromgoh” mahallalari hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.





