Xalqaro-hamkorlik
2024-08-30 23:05:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Boshqirdiston Respublikasiga tashrifi doirasida Povoljya va Ural mintaqasining eng yirik meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan “Yevraaziya” agroparkiga tashrif buyurib, mazkur majmua rahbariyati bilan Namangan viloyatidan amalga oshirilayotgan meva-sabzavot eksporti holatini oʻrgandi.
Shu bilan birga yangi xaridorlarni Namangan viloyatiga jalb etish etish yuzasidan muzokara oʻtkazildi.
Shuningdek, Ufada yangi qurilayetgan 18 gektar yer maydonidagi meva-sabzavot bozoriga Namanganda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar, dukkaklik va quritilgan mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama etilib, alohida Namangan viloyati pavilyonini tashkil etish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.





