Xushxabar
2024-08-24 19:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy yangilanishga erishish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Davlat mukofotlari bilan mukofotlandilar.
Ular orasida viloyatimiz vakillari ham bor.
Xususan,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor” faxriy unvoni bilan:
Kodirov Baxtiyor Abdusalomovich - Mingbuloq tumanidagi “Baxtiyor Abdusalomovich” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Namangan viloyati
“Doʻstlik” ordeni bilan:
Bekmirzayeva Raʼnoxon Maxmudovna - Uychi tumanidagi “Mega Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati ip yigiruvchisi, Namangan viloyati
Fazilov Axmad Turgunbayevich - Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “4-qishloq qurilish kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Namangan viloyati
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan:
Neʼmatullayeva Margʻuba Mirzatillayevna - Chust tumanidagi “Koʻktosh” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
Xatamov Jamshed Muxtorovich - Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari
“Jasorat” medali bilan:
Sharafutdinov Lazizbek Sherbekovich - Pop tumanidagi maishiy texnikalarni taʼmirlash ustasi, Namangan viloyati
“Shuhrat” medali bilan (100 yoshdan oshganlar)
Uralova Basuda - Toʻraqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati
“Shuhrat” medali bilan:
Asqarov Fatxiddin Sadiridinovich - Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Wonderful flowers” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Lukmanov Anvarxuja Akramovich - Namangan tumani soliq inspeksiyasining “Past qiyot” va “Tepa qiyot” mahallalariga biriktirilgan davlat soliq bosh inspektori, Namangan viloyati
Musayev Shuxrat Mirsodiqovich - Uychi tumani hokimi, Namangan viloyati
Barcha mukofotlanganlarni samimiy qutlaymiz.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.
