Yangi Namangan — taraqqiyot va bunyodkorlik manzili
2026-07-17 15:30:00 / Yangiliklar

Mahallada aholi turmush farovonligini yuksaltirish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish hamda zamonaviy ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish bo‘yicha izchil bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov o‘rganishlari davomida Yangi Namangan mahallasida tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish majmualarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish ishlarining sifati, muddatlari va loyihalarning aholi uchun qulayligini alohida ko‘rib chiqib, obyektlarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan foydalanishga topshirish, xizmat turlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.
Bu kabi bunyodkorlik va tadbirkorlik loyihalari mahallaning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolar turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Norin tuman hokimligi
Axborot xizmati






