Obod mahalla — farovon hayot mezoni
2026-07-17 14:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, mahallalarni obodonlashtirish, sanitariya va ozodalikni taʼminlash, tomorqalardan samarali foydalanish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Viloyat hokimi tomonidan bu borada masʼullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng ishchi guruh Vazifa Nuriddinova xonadoniga tashrif buyurib, namunaviy tomorqachilik tajribasi bilan tanishdi. Mazkur xonadonda 10 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, asalarichilik ham samarali yo‘lga qo‘yilgan. Bu tajriba bir tomorqaning o‘zida bir nechta barqaror daromad manbaini yaratish mumkinligini yaqqol namoyon etmoqda.
Norin tuman hokimligi
Axborot xizmati






