65-xalqaro “Gullar festivali” faollari taqdirlandi
2026-07-11 21:25:00 / Yangiliklar

Albatta, bunda gulchilar, turli korxona va tashkilotlar jamoalari, shuningdek, festival targ‘ibotini munosib tashkil etgan OAV vakillarining katta hissasi bor.
Bugun "Uch favvora" hiyobonida bo‘lib o‘tgan navbatdagi bayram shodiyonasida festivalga munosib hissa qo‘shgan jamoatchilik vakillari, volontyorlar, jurnalistlar, blogerlar, korxona va tashkilotlar hamda gulchilar taqdirlandi.
Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov va Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov 65-xalqaro “Gullar festivali”ni yuksak saviyada tashkil etish va keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildirib, tashkiliy qo‘mitaning qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Festival shukuhi davom etmoqda









