Namangan - Yaponiya: tibbiyot va ijtimoiy sohada yangi hamkorlik bosqichi
2026-06-26 22:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Kitahara Group hamda Kiko Global Co., Ltd. kompaniyalari rahbar va vakillari ishtirok etdilar. Jumladan, Shigemi Kitahara — Kitahara Group asoschisi va rahbari, Makoto Yamazaki hamda Yoshikazu Kameda — kompaniya vakillari qatnashdi.
Muloqot davomida sogʻliqni saqlash, tibbiy reabilitatsiya, aholini ijtimoiy himoya qilish, kadrlar tayyorlash hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohalarida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Namangan viloyati hududida zamonaviy tibbiyot va reabilitatsiya xizmatlarini yoʻlga qoʻyish, ilgʻor Yapon tajribasini joriy etish hamda istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



