Mansurov Axror Ahmadaliyevich Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi.
2024-08-07 11:36:00 / Yangiliklar

Mehnat faoliyatini 2013-yilda Mingbuloq tuman davlat notarial idorasi notarius yordamchiligidan boshlagan.
Mehnat faoliyati davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda, Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori, viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.
U tayinlovga qadar Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Mansurov Axror Ahmadaliyevich Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan Mingbuloq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati
