Tayinlov
2024-08-05 21:05:00 / Yangiliklar

Aʼzamjon Jalilov 1974-yilda Namangan viloyati, Namangan tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti Oliy. Mutaxassisligi muhandis-dasturchi, iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1997-yilda Namangan tumanidagi “Ijodkor” agrofirmasi texnologidan boshlagan. Oʻtgan yillar davomida Namangan viloyati statistika boshqarmasida boʻlim boshligʻi, Namangan viloyati hokimligida Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, Namangan viloyati hokimining yordamchisi, ishlar boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining tegishli buyrugʻi bilan amalga oshirildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.
