Namanganlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada 7 ta medalni qo‘lga kiritdi
2026-06-08 10:15:00 / Yangiliklar

Nufuzli intellektual bellashuvda Kuba, Venesuela, Turkiya, Malayziya, Iordaniya, Eron, Ozarbayjon, Belarus, Bangladesh, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlatlaridan jami 219 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashgan
Namangan viloyati o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etib, 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Uchqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi matematika fanidan kumush medal bilan taqdirlandi. Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi informatika yo‘nalishida bronza medalga ega chiqdi. Shuningdek, Prezident maktabining 5 nafar o‘quvchisi kumush va bronza medallari sovrindori bo‘ldi.
Namangan viloyati
maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Axborot xizmati
