Popda maqom sadolari yangradi — milliy merosga ehtirom kechasi
2026-06-08 08:10:00 / Yangiliklar
Pop tumani Yoshlar bogʻida oʻtkazilgan “Mumtoz navolar” milliy musiqa sanʼatining nafosati va maʼnaviy qudratini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng targʻib etishga qaratilgan islohotlar va Yurtboshimiz tomonidan berilayotgan yuksak eʼtibor haqida soʻz yuritdi.
Kecha davomida maqomchilar va madaniyat sohasi vakillari ijrosidagi diltortar kuy-qoʻshiqlar, yuraklarga yetib borgan navolar tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Maqom — bu musiqa emas, millat ruhi. Pop osmoni ostida yangragan har bir navo ana shu ruhning jonli ifodasi boʻldi.
Pop tumani hokimligi
Axborot xizmati









