“CHILLA - ISTEʼDODLAR MAVSUMI” DAVOM ETMOQDA
2024-07-26 22:35:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan “Afsonalar vodiysi” tematik parkida oʻtkazilayotgan “Chilla - isteʼdodlar mavsumi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Chustlik yoshlar, mahalla faollari isteʼdod va mahoratlarini namoyish qildilar.
Dastlab mahalla yettiligi vakillari ishtirokida “Oshpazlik mahorati” tanlovi tashkil qilindi. Unda tumanning Bofanda, Maydon, Sherbilak, Toshqoʻrgʻon, Yorqishloq MFYlari vakillari tomonidan tayyorlangan taomlar barchaga manzur boʻldi. “Barkamol avlod” bolalar maktabining isteʼdodli oʻquvchilari tomonidan tasviriy sanʼat namunalari, tuman madaniyat boʻlimi ashula va raqs xalq ansambli xonandalari ijrosidagi qoʻshiqlar tadbirga fayz kiritdi. Milliy liboslar namoyish qilindi, gulxan atrofida suhbat qurildi.
Chust tumani hokimligi Axborot xizmati.






