Qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlar ijrosi tahlil qilindi
2026-05-16 12:20:00 / Yangiliklar

Dastlab "Chust ijara, Zarafshon" MMTP hududida joylashgan klaster fermer xoʻjaligidagi gʻalla maydonlari koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, "Zarafshon" MMTP hududidagi “Chust Otabek Oybek”, "Sabzazor" MMTP hududidagi “Sharif Xalil”, Navoiy MMTP hududidagi “Paxtakor” fermer xoʻjaliklarida boʻlib, gʻoʻza parvarishida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, ayniqsa, kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, begona oʻtlarga qarshi “Glifosat” kimyoviy ishlovi berilgan maydonlardagi holat, uning samaradorligi hamda keyingi agrotexnik jarayonlarni toʻgʻri tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Masʼullarga birinchi ishlovni jadallashtirish, oʻz vaqtida kultivatsiya qilish, gʻoʻza parvarishini agrotexnik talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.









