Yangi loyihaga start berildi
2024-07-13 15:55:00 / Yangiliklar

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filialida Amazon, Microsoft kompaniyalariga dasturiy mahsulot yetkazishni yoʻlga qoʻyishni koʻzda tutuvchi yangi loyihaga start berildi.
Oliygoh talabalari va bitiruvchilarini xalqaro logistika kompaniyalariga ishga jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, turizm va tarix yoʻnalishidagi talabalar Axsikent arxeologiya parkida amaliyot oʻtab, oʻz akademik bilimlarini hayotiy tajribada qoʻllaydilar, yangi koʻnikmalarni rivojlantiradilar.
Universitet Namangan filiali rektori, professor Toʻlqin Rasulov, Namangan viloyati hokimining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev va Axsikent arxeologiya parki direktori Anvar Ikromlar ishtirokidagi uchrashuvda ushbu masalalar muhokama etilib, yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.
Media Departament






