Viloyat hokimining o‘rganishlari Yangi Namangan tumanida davom etdi.
2026-05-03 16:05:00 / Yangiliklar
Dastlab Islom Karimov ko‘chasida gul ekish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shu yerda “Nurmakon stroy” MCHJ tomonidan qurilayotgan 3 ta 12 qavatli 180 ta xonadon qurilishi loyihasi bilan tanishildi.
8 Mart ko‘chasida esa sobiq "Elektroterm" binosi o‘rnida barpo etilayotgan yangi zamonaviy “Mehmonxona” qurilishi loyihasi tahlil qilindi.
“Obid Fayz” MCHJ tomonidan muzqaymoq ishlab chiqarish tarmog‘i faoliyati ham o‘rganildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov amalga oshirilayotgan yangi loyihalarni tezlatish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









