To‘raqo‘rg‘onda "Uychi parranda"ning 2-bosqichi qurilishi jadal bormoqda.
2026-05-03 15:05:00 / Yangiliklar

Hozirda fabrikaning 4 ta sexida yiliga 40 ming bosh zotdor tovuqlarni parvarishlash imkoniyati mavjud. Muhimi, yiliga 5 million dona tuxum ishlab chiqariladi va mahsulotni to‘laligicha eksportga sotish orqali 144 milliard so‘m daromad ko‘riladi.
Hademay, bunday imkoniyat yanada kengayishi kutilmoqda. Sababi ikki qavatli bino qurilib, yana 4 ta sexni ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Shunda 120 mingta tovuq parvarishlanib, 15 million dona inkubatsion tuxum ishlab chiqariladi. Tabiiyki, eksport hajmi ham ortadi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov loyihaning 2-bosqichi bo‘yicha kirishilgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Kompleks atrofida ham adir yerlar tekislanib, bog‘zorlar yaratish ishlari olib borilmoqda. Viloyat rahbari jarayonni tezlatish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









