"Toʻquvchi" mahallasi katta qurilishlar markaziga aylangan.
2026-05-03 14:30:00 / Yangiliklar

Eng avval, "Aqlli shahar" konsepsiyasi asosida Namangan davlat texnika universitetida “Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish ishlari jadal bormoqda.
Shuningdek, mahalladagi koʻp qavatli uylar tashqi koʻrinishi, atrofi tartibga keltirilib, gulxonalar tozalanmoqda. Bolalar maydonchalari va kirish yoʻlaklari obod qilinmoqda, ichki yoʻlaklar, suv yoʻllari taʼmirlanmoqda. Bu esa aholi uchun yanada qulay, ozoda va shinam muhit yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, avtomobillar uchun turar joylar ham qayta tartibga keltirilib, zamonaviy koʻrinishga keltirilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov amalga oshirilayotgan ishlar sifatini koʻzdan kechirdi. Boshqaruv servis kompaniyalari, aholi vakillari bilan suhbatlashib, ularning fikr-muloxazalarini tingladi.
Jarayonni tezlatish boʻyicha tuman hokimi va boshqa mutasaddilardan masʼuliyat talab qildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









