"Mustaqillik" mahallasi yangi qiyofa kasb etadi.
2026-05-03 12:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bu borada ishlab chiqilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Loyiha doirasida 2,3 kilometr ichki yoʻl rekonstruksiya qilinib, 5–7 metr kenglikda 1250 tonna asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 10 350 kvadrat metr maydonda yoʻl asoslari tayyorlanib, 700 kub metr hajmda yer ishlari bajarilmoqda.
Yogʻingarchilik va oqova suvlarni samarali chiqarish maqsadida 103 dona lotok hamda 31 dona quvurlar oʻrnatilmoqda.
Bundan tashqari, hududda aholining dam olishi va sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2 ta bolalar maydonchasi hamda 1 ta zamonaviy sport maydonchasi barpo etilishi koʻzda tutilgan.
Viloyat rahbari mahalla "yettiligi" hamda nuroniylar bilan suhbatlashib, jarayonni tezlatish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ishlar sifatiga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






