Chorvachilik: aholining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlardagi narx-navo barqarorligini ta’minlashda naslchilik katta ahamiyatga ega.
2026-05-02 11:35:00 / Yangiliklar
Uychi tumanidagi “Shokirjon chorva fayz” MChJda bugungi kunda 65 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Shundan 30 boshi Golland sog‘in sigiri bo‘lib, kuniga 25-30 litrdan sut olinadi. Bundan tashqari, 5 bosh ot va 1 bosh tuya, 15 bosh arashan qo‘yi ham mavjud.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Ishchi guruhi tumandagi o‘rganishlari davomida mazkur jamiyatning chorva kompleksida bo‘ldi.
Viloyat rahbari sohada naslchilikni rivojlantirish aholining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, ichki bozor narx-navosini barqaror ushlab turishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga to‘xtalib, bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






