Davlatobod tumanida yangi “Shukrona” majmuasi foydalanishga topshirildi
2026-04-28 12:35:00 / Yangiliklar

Davlatobod tumani "Ijodkor" mahallasida foydalanishga topshirilgan yangi “Shukrona” majmuasi ana shu yo‘nalishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
260 o‘rinli majmua turli tantanalar, oilaviy va jamoaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy sharoit va qulayliklar yaratildi.
Majmuaning ochilish marosimida nuroniylar, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov bu kabi xizmat ko‘rsatish majmualari soni ortib borayotgani aholi, qolaversa, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim ekanligini eʼtirof etdilar.
Majmua qurilishi uchun 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Eng muhimi, ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Davlatobod tumani hokimligi
Axborot xizmati






