Gullar festivali sari qizg‘in tayyorgarlik: Namanganda rekord natija uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda
2026-04-27 22:20:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida “Tinchlik” xiyoboni hududida olib borilgan obodonlashtirish va gul ekish ishlari natijasida xiyobonning ko‘rkam va betakror qiyofa kasb etgani, hududning rang-barang gullar bilan bezatilib, aholi va mehmonlar uchun ko‘zga huzur bag‘ishlaydigan maskanga aylangani alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i hududida ham festival oldidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani, bog‘ maydoni gul ekish jarayonlariga to‘liq tayyor holatga keltirilgani qayd etildi. Viloyat rahbari bog‘ hududida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan gul kompozitsiyalarining loyiha takliflari bilan tanishib, ularning estetik ko‘rinishi va dizayn yechimlarini atroflicha ko‘rib chiqdi.
O‘rganish yakunida festival doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada takomillashtirish, gul kompozitsiyalarining dizayn va bezak jihatlarini boyitish hamda belgilangan ishlarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 65 yillik yubileyga tayyorgarlik ishlari shahrimizga yanada ko‘rk va fayz bag‘ishlashi ta’kidlandi.
Namangan shahar hokimligi
Matbuot xizmati









