Ipak qurti parvarishi koʻp yillik tajribalilar qoʻlida
2026-04-27 13:10:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, bu yil pillakorlar mehnatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida hosilning har kilogrammiga 40 ming soʻmdan haq toʻlash va 15 foiz subsidiya berish, qurt parvarishlaydigan xonadonlarni mavsumga tayyorlash uchun 20 million soʻmgacha ssuda mablagʻlari ajratish koʻzda tutilgani pillakorlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Ishchi guruhi "Qatagʻon" mahallasidagi boʻsh turgan binoda "Karimov Yoqubjon" fermer xoʻjaligi aʼzolari tomonidan 14 quti ipak qurtini markazlashgan holda parvarishlash jarayoni bilan tanishdi.
Shu yerda mahalla "yettiligi" bilan suhbatlashib, aholi turmush farovonligini oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish, drayver sohalarni rivojlantirish, har bir xonadon imkoniyatidan kelib chiqib, chorva boqishni yoʻlga qoʻyish kabi masalalarga eʼtibor qaratdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






