Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning qishloq xoʻjaligi sohasidagi oʻrganishlari Toʻraqoʻrgʻon tumanida davom etdi.
2026-04-27 12:35:00 / Yangiliklar
"Tezkor Navroʻz" MMTP hududidagi "Betakror obod zamini" fermer xoʻjaligida 27 gektar paxta maydoni boʻlib, tomchilatib sugʻorish usulida chigit ekilgan.

Biroq, urugʻ unib chiqqan boʻlishiga qaramay, haligacha chigit suvi berilmagani oqibatida nihollar rivojlanishdan orqada qolayotgani Ishchi guruhining eʼtiroziga sabab boʻldi.
Shuningdek, gʻoʻzaga birinchi kompleks ishlov berish jarayoni koʻzdan kechirilib, chigit chala chiqqan uyalarni qayta koʻrish, begona oʻtlarga qarshi kurashish va sugʻorish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun: tumanda joriy yilda 3200 gektarda paxta yetishtiriladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






