Birinchi kompleks ishlov: sifat va talabchanlik asosiy eʼtiborda!
2026-04-27 11:45:00 / Yangiliklar

"Turkiston" MMTP hududida joylashgan “Sohibkor Isroil” fermer xoʻjaligida gʻoʻza unib chiqqan maydonlarning holati atroflicha koʻzdan kechirilib, ekinlarning rivojlanish bosqichlari tahlil qilindi.
Jarayonda gʻoʻza parvarishi, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalariga urgʻu qaratildi.
Mutaxassislar va fermerlar bilan muloqot jarayonida hosildorlikni oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi samarali kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi oʻrganish va nazorat ishlari qishloq xoʻjaligida yuqori natijalarga erishish, sifatli va moʻl hosil yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati




