To‘raqo‘rg‘onda "Uychi parranda"ning 2-bosqichi qurilishi boshlandi.
2026-04-26 17:20:00 / Yangiliklar

Dastlabki bosqichda Vengriyadan keltirilgan jo‘jalar 3 oy mobaynida parvarishlanib, tovuq holiga keltirildi va ulardan inkubatsion tuxumlar olina boshlandi.
Hozir fabrikaning 4 ta sexida yiliga 40 ming bosh zotdor tovuqlarni parvarishlash imkoniyati mavjud. Muhimi, yiliga 5 million dona tuxum ishlab chiqariladi va mahsulotni to‘laligicha eksportga sotish orqali 144 milliard so‘m daromad ko‘riladi. Hademay, bunday imkoniyat yanada kengayishi kutilmoqda. Sababi ikki qavatli bino qurilib, yana 4 ta sexni ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Shunda 120 mingta tovuq parvarishlanib, 15 million dona inkubatsion tuxum ishlab chiqariladi. Tabiiyki, eksport hajmi ham ortadi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov loyihaning 2-bosqichi bo‘yicha kirishilgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Jarayonni tezlatish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






