«Namangan Agrokimyohimoya»XAJ aksiyadorlari diqqatiga!
2026-04-22 16:45:00 / Yangiliklar
Kun tartibi:
1. “Namangan Agrokimyohimoya” XAJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
3. “Namangan agrokimyoximoya” XAJ tugatish komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. Uzoq muddatdan buyon auksion savdolarida turgan va qaror talablari asosida pasaytirish mexanizmi to‘liq qo‘llanilgan, ya’ni boshlang‘ich narxlari 90 foizga pasaytirilganidan keyin ham sotilmay turgan kam baholi va tez eskiruvchan jihozlarni “E-auksion” savdo platformasidan olish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamiyat balansidan hisobdan chiqarish.
5. Uzoq muddatdan buyon auksion savdolarida turgan va qaror talablari asosida pasaytirish mexanizmi to‘liq qo‘llanilgan, ya’ni boshlang‘ich narxlari 90 foizga pasaytirilganidan keyin ham sotilmay turgan avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi va agregatlari hamda maxsus texnikalarni, holati bo‘yicha 2024 yilda o‘tkazilgan O‘zagroinspeksiya Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganilib yaroqsizligi yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnomalarga asosan “E-auksion” savdo platformasidan olish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamiyat balansidan hisobdan chiqarish va ularni qora (rangli) metallga topshirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 24 - apreldagi PQ-164-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aktivlarni sotishdan va debitorlik qarzdorliklarni undirishdan hamda boshqa manbalar kelib tushgan mablag‘larni Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 21 - avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan navbat asosida yo‘naltirish.
7. “Namangan agrokimyoximoya” XAJ Namangan tuman filiali balansiga olingan va mutasaddi tashkilotlar bilan ishlab bugungi kungacha jamiyat nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan 3 dona (Gaz53 50L 050AA, Gaz53b 50 646KAA, Gaz53 fekolovoz 50 134AAA) avtotransport vositalarini ehtiyot qism sifatida mujassam xolda sotuvga chiqarish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 21 - avgustdagi 704-sonli qaroriga asosan jamiyatning ixtiyoriy tugatish muddatini 6 oyga uzaytirish.
9. Tugatish komissiyasining xarajatlar smetasini tasdiqlash.
10. Tuman filiallari balansidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan va qonunchilikda belgilangan tartibda baholash hamda savdoga chiqarish imkoni bo‘lmayotgan tumanlar hududlarida ekilgan mevali va ko‘p yillik manzarali daraxtlarni tuman obodonlashtirish bo‘limlari hamda hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari va tegishli tashkilotlarga beg‘araz o‘tkazib berish hisobiga jamiyat balansidan chiqarish.
11. “Namangan agrokimyoximoya” XAJning 100 foiz ta’sischiligi asosida tashkil etilgan “Namangan oltingugurt” MCHJ ni mulk va asosiy vositalarini 22-04-2026 yildagi umumiy yig‘ilishi protokoliga asosan kadastr va baholash hujjatlaridan muammolar sabab qaytadan baholatib savdoga kiritish masalasi.
Aksiyadorlar yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), vakillari esa notarial (o‘rnatilgan) tartibda tasdiqlangan ishonchnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan qatnashishlari shart. Majlisga qatnashuvchi aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09-30 dan boshlanadi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishga oid ma’lumotlar bilan jamiyatning 69-226-10-70 telefon orqali tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlardan zudlik bilan elektron pochta ochishlarini hamda elektron pochta manzillari to‘g‘risida jamiyatni xabardor qilishlarini so‘raymiz.
Telefon: 69 226-10-70
"Namangan Agrokimyoximoya" XAJ tugatish komissiyasi
