Afg‘oniston hukumatining Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya Namanganga safarini yakunladi.
2026-04-22 11:25:00 / Yangiliklar
Bugun erta tongda viloyat markazidagi “Namangan temir yo‘l” vokzalidan Afg‘oniston hukumatining Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya kuzatib qo‘yildi.

Kuzatish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda boshqa rasmiylar ishtirok etishdi.
Taʼkidlash joiz, qisqa muddatli va tig‘iz tuzilgan dastur davomida mehmonlar viloyatdagi bir qator yirik ishlab chiqaruvchilar faoliyati bilan yaqindan tanishib, hamkorlikning kelgusi bosqichi uchun poydevor yaratdilar.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida 20 ga yaqin kelishuvlarga erishilib, 245 mln. AQSH dollari miqdorida shartnomalar imzolandi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati





