“Sinergiya” Xalqaro korporatsiyasi Namanganda raqamli kasblar texnikumi va bolalar taʼlim markazini tashkil etmoqda
2024-07-04 22:10:00 / Yangiliklar

Taʼlim 2 yil davom etadi va texnikum 3 yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi:
• tarmoq va tizim boshqaruvi,
• veb-tadbiqot
• axborot xavfsizligi.
Taʼlim tugaganidan soʻng talabalar ikki davlat diplomini oladilar. Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi diplomlari, shuningdek, mamlakatimizdagi OTMlar va Rossiyaning “Sinergiya” universiteti ikkinchi bosqichiga oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Shuningdek, “Sinergiya” universiteti Namanganda IT-School bazasida “Synergy Hub Junior” bolalarga qoʻshimcha taʼlim markazini ochadi. Iyul oyidan boshlab “Synergy Hub Junior” yozgi lagerlar va intensiv kurslar ish boshlaydi va ular sentyabr oyigacha davom etadi. Bu dasturlar bolalarga raqamli kasblar bilan tanishish imkonini berib, kelajakda taʼlim yoʻnalishini tanlashda yordam beradi. Markazda birinchi oʻquv yilida dasturlash, robototexnika, veb-dizayn va boshqa IT-yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.
“Namanganda texnikum va bolalar IT-markazini ochishdan maqsad - shahar maktablari oʻquvchilariga kelajakda talab etiluvchi IT-sohasida kasbiy karyerasi uchun foydali boʻladigan zamonaviy bilimlarni olish imkonini berishdir. Bugungi kunda bizning Rossiyadagi universitetimizda oʻzbekistonlik yoshlar taʼlim olishmoqda, ularning koʻpchiligi bitirgandan soʻng muvaffaqiyatli ishga joylashishmoqda. Namanganda markazni ochish yoshlarning hududdan tashqariga chiqmasdan, oʻz yurtida rivojlanish imkonini beradi”, - dedi “Sinergiya” universiteti rektori Artyom Vasilyev.





