Afgʻoniston delegatsiyasi tarkibida kelgan tadbirkorlarda "Congress Hall”dagi koʻrgazma katta taassurot qoldirdi.
2026-04-21 23:55:00 / Yangiliklar

Tashrifning yakuniy manzili Davlatobod tumanida joylashgan zamonaviy “Congress Hall” majmuasi bʻldi. Ushbu markazda namanganlik tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada sanoat, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materiallari hamda eksportbop mahsulotlar namoyish etildi.
Mehmonlar taqdim etilgan mahsulotlarning sifati, ishlab chiqarish jarayonlari va ularni Afgʻoniston bozorida joriy etish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida Namangan va Afgʻoniston tadbirkorlari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar ham tashkil etildi. Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, yangi hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻyish hamda ikki tomonlama manfaatli shartnomalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir soʻngida tomonlar oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuv va shartnomalar imzolandi. Mazkur hujjatlar savdo hajmini oshirish, qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish hamda tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Davlatobod tumani hokimligi
Axborot xizmati









