Norin tumanining “Yangi Namangan” mahallasida shaharsozlikni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
2026-04-13 14:00:00 / Yangiliklar
Hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va ularning sifatini o‘rgandi.
Hududda ijtimoiy soha obyektlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi shifokorlik punkti, umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish loyihalari ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash zarurligi alohida taʼkidlandi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









