Popda yangi nafas — mahalla taraqqiyotining yorqin namunasi!
2026-04-13 08:35:00 / Yangiliklar

Bugun yurtimizda mahallalarni rivojlantirish, aholiga yaqin va samarali xizmat koʻrsatishni taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Pop tumanidagi mazkur yangi bino ham ana shu saʼy-harakatlarning yorqin namunasidir.
POP SITY MALL tashabbusi bilan qurib bitkazilgan ushbu zamonaviy maskan endilikda fuqarolar uchun yanada qulaylik yaratadi, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy masalalarni hal etish va mahalla faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, mahalla faollari va aholini samimiy muborakbod etdi. U oʻz nutqida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa, mahalla institutini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, marosimda tuman aholisi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, ushbu quvonchli voqeaga guvoh boʻldilar.









