Yoʻl infratuzilmasi — taraqqiyot yoʻlida muhim qadam
2026-04-11 12:45:00 / Yangiliklar

Maʼlumki, ushbu masala muhtaram Prezidentimiz tashriflari chogʻida alohida eʼtiborga olingan boʻlib, bugungi kunda qurilish boʻyicha amaliy jarayonlar boshlab yuborilgan.
Viloyat rahbari Xitoy Xalq Respublikasining dunyo miqyosida nufuzga ega Citic Construction kompaniyasi vakillari bilan ish jarayonini bevosita joyida koʻzdan kechirib, amaliy muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida tomonlar qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat va samaradorlikni taʼminlash, loyihani belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan fikr-mulohaza almashdilar.
Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha oʻzaro kelishib olindi.
Mazkur loyiha nafaqat yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, balki hududning iqtisodiy-turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati






