Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan, ayni paytda faoliyati to‘xtab qolgan “Uchqo‘rg‘on yog‘” aksiyadorlik jamiyati muammolarini o‘rgandi.
2026-04-08 19:20:00 / Yangiliklar

Shuningdek, korxonani qayta tiklash imkoniyatlari, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, investorlarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida mutasaddi rahbar va tashkilotlarga korxonaning faoliyatini qayta tiklash, uni barqaror ishlashini taʼminlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Ayniqsa, mahsulot turlarini kengaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va ichki hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida “Uchqo‘rg‘on yog‘” AJ faoliyatidagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.




