Namanganda 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tantanali yurish tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtdi.
2026-04-08 12:20:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faol yoshlar keng qamrovda ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimining oʻrinbosari O. Bozarov ushbu sana xalqimiz tarixi va milliy gʻururida alohida oʻrin tutishini taʼkidlab, Amir Temur merosi bugungi avlod uchun yuksak ibrat maktabi ekanini qayd etdi.
Tantanali yurish tadbiri Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasidan shahar IIO FMB binosi oldigacha davom etdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tadbir nafaqat maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati, balki jamiyatda tarixiy xotirani asrab-avaylash, milliy oʻzlikni anglash borasidagi dolzarb ahamiyati bilan ham ajralib turdi.









