"Navbahor" stadionida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari o‘rganildi.
2026-04-05 16:10:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda markaziy hamda zahira stadionlarida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi.
Viloyat rahbari chim yotqizish ishlarini sifatli, jahon andozalariga mos ravishda amalga oshirish lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, futbolchilar uchun kiyim almashtirish va dush uchun mo‘ljallangan bino ham taʼmirlanmoqda. Eʼtiborlisi, binoning 2-qavati futbolchilarning jismoniy chiniqishlari uchun maxsus jihozlangan zalga aylantirilmoqda. Shu maqsadda tadbirkor tomonidan 45 ta turdagi zamonaviy sport jihozlari (trenajyor) o‘rnatilmoqda. Ushbu mashg‘ulot vositalaridan futbolchilardan bo‘sh vaqtda aholi, xususan, yoshlar ham foydalanishlari ko‘zda tutilgan.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









