Yoshlar siyosati — ustuvor masala!
2026-04-02 18:35:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan tumanida “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan “Ko‘l bo‘yi”, “Chag‘ir” va “Oq yer” mahallalari yettiligi aʼzolari bilan uchrashdi. Muloqotda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, bandlikni taʼminlash borasida mahalla faollari hamda jamoatchilik oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, Namangan tumani hokimligi binosida joylashgan “Yoshlar shtabi” faoliyati bilan tanishilib, shtab aʼzolari bilan suhbatlashildi.
“Katta Toshbuloq” mahallasida yosh tadbirkor Jahongir Ergashev tomonidan tashkil etilgan “WEB SPACE” AyTi park faoliyati o‘rganildi. Shu yerda yosh startapchilarning yangi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi yaqinda faoliyat boshlagan yangi tikuvchilik korxonasi bilan tanishib, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda har bir mahallada bu kabi loyihalarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish muhim ekanligini taʼkidladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









