Popda yana bir mahalla zamonaviy qiyofa kasb etmoqda!
2026-03-30 18:05:00 / Yangiliklar
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan Iftixor mahallasidagi Bobur ko‘chasining 3,5 kilometr qismiga 1,5 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Ushbu amaliy ishlar nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Mahalla nuroniysi Komiljon ota Qayumov ta’kidlaganidek, ushbu ko‘chada 33 yil davomida asfalt yotqizilmagan edi. Bugun esa amalga oshirilayotgan bunday islohotlar aholi qalbida cheksiz quvonch uyg‘otmoqda.
Eng muhimi, bu kabi ezgu ishlar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarning yana bir yorqin namunasidir.
Pop tumani hokimligi
Axborot xizmati









