Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyaning Afgʻonistonga tashrifi davom etmoqda.
2026-03-29 22:55:00 / Yangiliklar
Tashrif doirasida zargarlik, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari va boshqa qator yoʻnalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Afgʻoniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi Said Karim Hoshimiy bilan muzokaralar oʻtkazildi. Uning yakuni boʻyicha ikki hudud tadbirkorlari oʻrtasida bir qator kelishuvlar imzolandi.
Delegatsiya tashrifi doirasida Namangan viloyati hokimligining Qobul shahrida rasmiy vakolatxonasi ochildi va birinchi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Umuman olganda, bu tashrif Namangan sanoat va agrar mahsulotlari uchun yangi bozorlar ochish, eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati








