Pop gullar iforiga burkanmoqda: 65 yillik festivalga tayyorgarlik boshlandi
2026-03-28 17:10:00 / Yangiliklar
Pop tumanida Gullar festivalining 65 yillik yubileyini munosib kutib olish uchun keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Ayni kunlarda tuman markazidan tortib mahallalargacha obodonlashtirish, gulzorlar barpo etish, turli rang-barang gul ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ko‘chalar, xiyobonlar va jamoat joylari gullar bilan bezatilib, Pop yanada fayzli va go‘zal qiyofa kasb etmoqda.
Yillar davomida an’anaga aylangan, nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda mashhur bo‘lgan ushbu go‘zal bayramni popliklar ham katta shodu xurramlik, yuqori kayfiyat va munosib tayyorgarlik bilan kutib olishmoqda.
65 yillik yubiley arafasida Pop – gullar, nafosat va bayramona muhitga burkanmoqda!
Pop tumani hokimligi
Axborot xizmati









