Uchqo‘rg‘on tumani "Yoshlar bog‘i"da ommaviy tadbirlar tashkil etildi
2026-03-19 17:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov "Yoshlar markazi"da muddatli harbiy xizmatni ado etib qaytgan yoshlar bilan uchrashdi. Mazkur tadbir “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida o‘tkazilib, unda 2026 yilda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan 60 nafar yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Viloyat hokimi har bir yoshning murojaati va takliflarini alohida tinglab, muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









