❗️DIQQAT E’LON
2026-03-19 06:00:00 / Yangiliklar
Aziz hamyurtlar!
Joriy yilning 20 mart kuni muborak "Ramazon hayiti" namozi o‘qiladigan viloyatimizning barcha jome’ masjidlari atrofida mahalliy hokimliklarning farmoyishlariga asosan,
20 mart kuni tungi soat 01:00 dan ertalabki soat 09:00 ga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, katta yo‘l va markaziy ko‘chalar yoqasida joylashgan qabristonlar atrofida ham zaruratga ko‘ra transport harakati cheklanishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, masjidlarga kelishda piyoda harakatlanishingizni yoki jamoat transportlaridan foydalanishingizni so‘rab qolamiz.
Zero, Siz bu harakatlar bilan boshqa harakat ishtirokchilarining tirbandlikda qiynalmasliklariga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!
Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Namangan viloyati IIB YHXB
Axborot xizmati
