POP TUMANIDA BAHORGI AGROTEXNIK ISHLARNING BORISHI OʻRGANILDI
2026-03-18 15:40:00 / Yangiliklar

Dastlab, ishchi guruhi Yakkatut MMTP hududida joylashgan “Isoqjon Umrinisso” fermer xoʻjaligida boʻlib, gʻalla parvarishi, ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, shuningdek, mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash ishlarini koʻzdan kechirdi.
Mazkur fermer xoʻjaligi tomonidan 43,6 gektar maydonda gʻalla, 30 gektarda paxta yetishtirilmoqda.
Shundan soʻng, Nayman MMTP hududida joylashgan “Javoxirbek Iskandar” fermer xoʻjaligida amalga oshirilayotgan agrotexnik ishlar bilan tanishildi. Ayni vaqtda mazkur xoʻjalikda 45 gektar maydonda gʻalla parvarishlanayotgan boʻlsa, 25 gektar yer maydoni plyonka ostiga chigit ekish uchun tayyor holatga keltirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Pop tumani boʻyicha umumiy hisobda 1046,3 gektar gʻalla hamda 838,2 gektar paxta maydonlarida bahorgi agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.
Oʻrganishlar davomida mutasaddilarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









