Markazdan ancha olis hududda sportsevarlar safi kengaymoqda.
2026-03-18 14:05:00 / Yangiliklar

Mazkur hududda jami qiymati 3 milliard soʻm boʻlgan 2 ta loyiha amalga oshirilgan. Xususan, sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni 2024-yilning ikkinchi mavsumida barpo etilgan boʻlsa, kurash zali 2025-yil birinchi mavsumida foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, katta futbol maydoni homiylar koʻmagi va hashar yoʻli bilan tashkil etilgani qayd etildi. Bu esa mahallada sport infratuzilmasini rivojlantirishda jamoatchilik faolligini yaqqol namoyon etmoqda.
Kurash zali ichida mahalla ayollari uchun sogʻlomlashtirish maqsadida fitnes mashgʻulotlari ham jamoatchilik asosida yoʻlga qoʻyilgan.
Viloyat rahbari mazkur inshootlarning aholi, ayniqsa yoshlar salomatligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyatini alohida taʼkidlab, bu kabi tashabbuslarni kengaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






