Chigit ekish — tez va sifatli bajariladigan jarayon.
2026-03-18 13:35:00 / Yangiliklar

Xususan, "Gulbogʻ-2" MMTP hududidagi “Ixlosa Fotima” fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ishlarining borishi bilan tanishdi.
Xoʻjalikda zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi. Jumladan, yomgʻirlatib sugʻorish tizimi orqali suv resurslarini tejash, yer unumdorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, zamonaviy chigit ekish selkasi imkoniyatlari, yerni tekislash ishlari hamda qishloq xoʻjaligi texnikalarining mavsumga tayyorlik holati koʻzdan kechirildi. Texnikalarning sozligi, yoqilgʻi va ehtiyot qismlar bilan taʼminlanganligi alohida tahlil qilindi.
Viloyat rahbari tomonidan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda hosildorlikni oshirish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati








