Mingbuloq tumanida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
2026-03-18 13:05:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida yangi ish oʻrinlari yaratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, boʻsh turgan yer maydonlari va obʼektlardan samarali foydalanish hamda xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish rejalashtirilgani taʼkidlandi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov eng chekka hududda joylashgan mazkur mahalla fuqarolar yigʻini "yettiligi" uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.
Shuningdek, tadbirkor Abdugʻofur Xudoyberdiyev tashabbusi bilan mahalla binosida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Bu yerda 30 nafar xotin-qizlarning doimiy bandligi taʼminlangan boʻlib, oʻrtacha 4-5 mln. soʻmdan oylik ish haqi olmoqda.
Viloyat hokimi yangi ish oʻrinlari yaratish va mahallani namunali hududga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati








