Namangan tumanidagi “Bibi mushkulkushod” ziyoratgohi obod boʻladi.
2026-03-16 12:40:00 / Yangiliklar

Keyingi yillarda eʼtibordan biroz chetda qolgan va taʼmirtalab holga kelib qolgan ushbu qadamjoni obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish ishlariga kirishilmoqda.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu manzilda boʻlib, ziyoratgoh atrofini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Jumladan, hududni koʻkalamzorlashtirish, yoʻlaklar va dam olish maskanlarini tartibga keltirish, ziyoratgoh hududini yanada koʻrkam va fayzli maskanga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga qurilish va taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat talablariga toʻliq rioya qilgan holda yakunlash boʻyicha aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, ziyoratgohni hudud aholisi hamda tumanga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar uchun munosib va obod maskanga aylantirish yuzasidan qoʻshimcha vazifalar belgilab berildi.









