Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda
2024-06-14 19:20:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani Bordimko‘l va Xo‘jand mahallalaridagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, bir qator yoshlarning muammolari hal etildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda
To‘raqo‘rg‘on tumani Bordimko‘l va Xo‘jand mahallalaridagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, bir qator yoshlarning muammolari hal etildi.
M.Nuriddinova tibbiyot tizimiga ishga joylashtirildi, tadbirkorlik faoliyati uchun D.Tursunovga sartaroshlik kreslosi va E.G‘ofurovga cholg‘u asbobi (doira) taqdim etildi.
O‘zini-o‘zi band qilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning ijtimoiy soliq to‘lovlarini to‘lanishida amaliy yordam berildi.
Shuningdek, Qurbon hayiti arafasida yosh ehtiyojmand oilalar xonadonlaridan xabar olindi.
Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati




