O‘quv markazlari va kitob sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026-03-06 17:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida sohadagi mavjud muammolar, taʼlim xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni bilimga chorlovchi loyihalarni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan murojaat qilib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda bir qator masalalar bo‘yicha amaliy yechimlar belgilab olindi.
Shuningdek, o‘quv markazlarini tashkil etishda tashabbuskor bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘mlik vaucherlar topshirildi.
Bunday muloqotlar bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, taʼlim hamda kitobxonlik muhitini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Chortoq tumani hokimligi
Axborot xizmati








