Yangi Namangan tumanida sanoat rivojlanmoqda
2026-03-01 17:25:00 / Yangiliklar

Umumiy qiymati 20 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 10 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy farmatsevtika korxonasi barpo etilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov o‘rganishlari davomida mazkur korxonada bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar bilan qiziqdi.
Keyingi manzil Kosonsoy ko‘chasida joylashgan “Sas teks invest” MCHJ tikuvchilik korxonasi bo‘ldi. Bu yerda tayyorlanayotgan futbolkalarga xorijda talab katta. Ayni vaqtda mahsulotning asosiy qismi buyurtma bo‘yicha Amerika qo‘shma shtatlariga yetkazib berilmoqda.
Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda muammolari, kelgusi rejalarini ham o‘rganib, faoliyatni yanada kengaytirish lozimligini taʼkidladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









