Hindistonning mashhur «Krishna Diagnostics» diagnostika markazlari tarmogʻi vakillari Namanganda!
2026-03-01 10:30:00 / Yangiliklar
Farmatsevtika va diagnostika sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega mazkur kompaniya tajribali mutaxassislar jamoasi bilan birgalikda Hindistonning 150 dan ortiq tumanlarida 2000 dan ziyod samarali faoliyat yuritayotgan diagnostika markazlari va laboratoriyalar tarmogʻini shakllantirgan. Ayni vaqtda 150 dan ortiq kompyuter tomografiya (KT) uskunalari, 100 dan ortiq MRT apparatlari, 1800 dan ortiq rentgen markazlariga ega.
Kompaniya ijrochi direktori Yash Mutxa boshchiligidagi delegatsiya Namangan tibbiyot sohasiga investitsiya kiritish maqsadida viloyatimizga keldi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mehmonlarni qabul qildi.
Oʻzaro muloqotda xorijiy kompaniyaning mavjud imkoniyatlari va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
"Krishna Diagnostics" kompaniyasi vakillari ayni vaqtda viloyatimizdagi bir qator tibbiyot muassasalarida boʻlib, mavjud sharoitlar bilan tanishmoqdalar.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati
